ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Suv sohasini raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish va barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.10.2025 yildagi PF-183-son

Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

respublikada foydalanilayotgan suv resurslari hisobining to‘liq yuritilishini yo‘lga qo‘yish, 400 dan ortiq maʼlumotlarni raqamlashtirish;

600 mingdan ortiq suv isteʼmolchilari, 4,3 million gektar sug‘oriladigan yer maydonlari hamda sug‘orish uchun foydalanilgan suv resurslari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron tarzda shakllantirish;

suv hisobi yuritilishi jarayonida inson omilini kamaytirish, suvdan foydalanuvchilar va iqtisodiyot tarmoqlarida suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha maʼlumotlar bazasini yaratish;

suv sohasini barqaror rivojlantirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish.

Suv xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasida Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati negizida davlat muassasasi shaklida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etiladi.