ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini hamda ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.10.2025 yildagi 637-son

Nizom, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi.

Zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni Ro‘yxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladi.

Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim qilish uchun Komissiya quyidagilarni tekshiradi, jumladan:

ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligini;

texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish bo‘yicha qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;

jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;

Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan meʼyorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishiga qadar bartaraf etiladi.