ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.09.2025 yildagi PF-153-son

2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi;

qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2026 yil 1 yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi. 

Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.