ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2025 yildagi 524-son

Nizom Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ( Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5 — 11-sinflarda taʼlim beriladi. 

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Taʼlim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.

O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishki taʼtilda 15 kun, yozgi taʼtilda 45 kun, jami 60 kunlik  o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.