ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.07.2025 yildagi PF-114-son

Farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarni Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi) o‘quv reja va dasturlari bilan bir qatorda boshqa ilg‘or xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining ham o‘quv reja va dasturlari asosida o‘qitish tizimi joriy qilinadi. 

Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi.