Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.07.2025 yildagi PQ-219-son
Qarorga ko‘ra, 2010 yil 10 dekabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlarning Shaxslarni davlatlararo qidirish to‘g‘risidagi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024 yil 18 oktyabrda Moskva shahrida imzolangan.
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.