ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.07.2025 yildagi PQ-220-son

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati o‘rtasidagi readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

Mazkur bitim 2025 yil 12 martda Parij shahrida imzolangan.

Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.