ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Nogironlik pensiyasi va kompensatsiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2025 yildagi 398-son

Qaror bilan “Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish” sxemasi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani to‘g‘risidagi maʼlumotlar fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi. 

Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni bo‘lmaganda xabarlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.

2025 yil 1 oktyabrgacha “Pensiya” axborot tizimida fuqarolarning JSHSHIR maʼlumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa abonent raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratiladi.