ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan zamonaviy xizmatlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.06.2025 yildagi PF-105-son

Farmonga ko‘ra, pensiya va g‘aznachilik faoliyatiga zamonaviy xizmatlarni joriy etishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

g‘aznachilik va pensiya taʼminoti tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali hududlarda ixcham xizmat ko‘rsatish ofislarini tashkil etish;

fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron va proaktiv shaklga o‘tkazishga erishish.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi.

2026 yil 1 dekabrdan pensiya tizimida quyidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali:

fuqarolarning mavjud ish staji va ish haqlari to‘g‘risidagi elektron maʼlumotlarga asosan pensiya miqdorlarini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi;

pensiya taʼminotiga oid barcha xizmatlar to‘liq proaktiv, elektron hamda interaktiv shaklga o‘tkaziladi.