ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida axborot texnologiyalari yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.06.2025 yildagi 364-son

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi. 

Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar 2 bosqichli, pedagog kadrlar 3 bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Filiallarga o‘quvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.

Filiallarda o‘quvchilar uchun autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladi.

Filiallar zamonaviy talablarga muvofiq plastik qoplamali (HPL panel) sinf stoli, plastik qoplamali egri yelimlangan fanerali sinf stullari bilan jihozlanadi.

Maʼlumot uchun: Prezident Farmoni (https://lex.uz/en/docs/6862220) asosida 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etilgan.