ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.05.2025 yildagi PQ-195-son

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

2025 yil 7 iyun (shanba) kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Bunda Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

6 iyun (juma) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

7 iyun (shanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

8 iyun (yakshanba) – dam olish kuni.