ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ijodkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.05.2025 yildagi 329-son

Qarorga ko‘ra, madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;

madaniyat sohasida sunʼiy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Ijodiy texnolaboratoriya tashkil etiladi;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida “Ijodkor yoshlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

“Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Madaniyat va sanʼat yo‘nalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.

2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.