ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.04.2025 yildagi PQ-145-son

Qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;

12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o‘tkazish.

2025 yil 1 iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg‘i yetkazib berishning eng kam miqdori bo‘yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini eʼlon qiladi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 dekabrga qadar 2030 yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi taʼminlanadi.