Nizom Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish, uning mablag‘larini taqsimlash, hisobi va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi, jumladan:
kasbiy taʼlim tashkilotlarining o‘quv-metodik taʼminotini mustahkamlash, o‘quv adabiyotlarini yaratish, chop etish va ularning kitob fondini to‘ldirish;
“Kasbiy taʼlim” platformasini ishlab chiqish va uning lozim darajada ishlashini taʼminlash;
pedagog kadrlar yoki o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish.
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun Kengash tashkil etiladi.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shuningdek, tovarlarni xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar ro‘yxatlari Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.