ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.04.2025 yildagi O‘RQ-1054-son

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlarga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab belgilanmoqda. 

Bundan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqini berishning huquqiy asosi belgilanmoqda.

Kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran 5 yil o‘tgach, masʼul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish taʼsiri baholashdan o‘tkazilishi mumkin.