ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-51-son

Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

2025 yil 1 sentyabrdan:

umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga

I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta taʼlim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.

2026 yil 1 yanvardan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.