ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.2025 yildagi 171-son

Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

xalqaro miqyosda O‘zbekiston manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish;

oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash;

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, professional va oliy taʼlim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning belgilangan davriylikka muvofiq malakasini oshirish;

2025 yil 1 apreldan:

adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng beriladi.

adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo‘yicha yuridik kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, Institutda 2025 yil 1 maydan oilaviy mediatsiya ishlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini raislari professional mediatorlikka bepul o‘qitiladi.