ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.03.2025 yildagi PQ-108-son

Qarorga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024 yil 6 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.