ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.02.2025 yildagi PQ-76-son

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan hududlarda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:

ehtiyojmandlar hamda ilm-maʼrifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga; 

oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;

atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va  qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda meʼyorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka.