ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.02.2025 yildagi 109-son

Texnik reglament muomalaga chiqarilgan tayyor mahsulotlar bo‘lgan metall, polimer, plastmassa, qog‘oz, karton, shisha, rezina, rezinoplastik va kompozit materiallar, to‘qimachilik materiallari, keramika asosidagi qadoqlarga, shu jumladan, qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligiga nisbatan qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.

Texnik reglament talablari tibbiyot texnikasi, jihozlari va uskunalari, dori-darmonlar, farmatsevtika mahsulotlari, tamaki mahsulotlari va xavfli yuklarni, shuningdek, yuk konteynerlari va yuklarni avtomobil, temir yo‘l, dengiz va havo transportida tashish uchun tagliklarni (poddon) qadoqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi

Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari Texnik reglamentda belgilangan tartibda mahsulot muvofiqligi baholangandan keyin tasdiqlovchi hujjatlar asosida erkin muomalaga chiqariladi.

Texnik reglament talablariga muvofiqligi tasdiqlanmagan qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanmasligi va erkin muomalaga chiqarilmasligi kerak.

Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalarini saqlash, tashish va yo‘q qilish jarayonlari xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.

Qadoqlar xavfsizligi quyidagi talablar bilan taʼminlanishi kerak:

oziq-ovqat mahsulotiga tegib turadigan materiallarning sanitariya-gigiyena ko‘rsatkichlari bo‘yicha;
fizik-mexanik ko‘rsatkichlar;
germetiklik.