ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2025 yildagi PQ-74-son

Qarorga ko‘ra, 2006 yil 3 oktyabrdagi O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi. 

Bayonnoma 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.