ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 24.02.2025 yildagi O‘RQ-1036-son

Qonunga ko‘ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi.

Ekologik ekspertiza obyektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart:

barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;

loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yo‘riqnomalarning loyihalari;

chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar;

atrof-muhitning holatiga va inson sog‘lig‘iga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;

maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan obyektlar.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega bo‘ladi:

atrof-muhitga taʼsirni baholash materiallari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan eʼtiboran 3 yil mobaynida;

ekologik normativlar loyihalari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan kundan eʼtiboran 5 yil mobaynida.