ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.02.2025 yildagi PQ-61-son

Qarorga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:

o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;

oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan taʼminlashga ko‘maklashish. 

Bunda:

salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;

individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.