ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.02.2025 yildagi PF-23-son

Farmonga muvofiq:

1) Quyidagilar belgilandi:

 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatni o‘tash nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi harbiy xizmatchilari, shuningdek, harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida va harbiy kiyim-kechakni kiyib yurish huquqi bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida, isteʼfoda) turgan fuqarolarga nisbatan tatbiq etiladi;

harbiy yig‘inlarni o‘tash, harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalarini belgilash, shuningdek, harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlash, harbiy lavozimlardan ozod etish, harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga (zaxirasiga) bo‘shatish hamda isteʼfoga chiqarish umumiy harbiy majburiyatni bajarishni va harbiy xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

harbiy xizmatchilarning odob-axloq va xulq-atvor qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlari bilan belgilanadi.