ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.02.2025 yildagi 83-son

Qarorga ko‘ra, 2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

aholining yashash darajasi va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan (kambag‘al oilalar kam bo‘lgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;

olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat bog‘chalar;

aholining to‘lov qobiliyati past (kambag‘al oilalar nisbatan ko‘p bo‘lgan) hamda demografik o‘sish darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;

ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh binolarida qisqa muddatli guruhlar.

2025 yil yakunigacha kambag‘al oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish taʼminlanadi.