ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.01.2025 yildagi 41-son

Qarorga ko‘ra, Rishton anʼanaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi tashkil qilinadi.

Quyidagilar muzeyning asosiy vazifalari etib belgilandi:

muzey ashyolari va kolleksiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash;

madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;

yoshlarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish;

kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish;

ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;

chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish.

Muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlandi va uning asosiy vazifalaridan biri etib, muzey konsepsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

2025 yil 1 aprelga kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to‘liq moslashtiriladi.