Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.01.2025 yildagi 31-son
Nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlarni o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Bundan tashqari nizom biotexnik tadbirlar doirasida quyidagilarni nazarda tutadi:
o‘tkazish maqsadi va usullari;
rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi;
o‘tkaziladigan hududlar hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha talablar;
o‘tkazish yakunlarini monitoring qilish va ularning natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish;
moliyalashtirish tartibi.
Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar belgilangan sxemaga muvofiq o‘tkaziladi.