ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.12.2024 yildagi 894-son

Qarorga ko‘ra, Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;

jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ehtiyot qismlarini, shuningdek, energiya tejovchi zamonaviy romlar va qurilish izolyatsiya materiallarini xarid qilishni yo‘lga qo‘yish;

tijorat banklari tomonidan “yashil” isteʼmol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismiga kompensatsiyalar ajratishni yana-da kengaytirish.