Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.
Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.
Mukofot ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.