ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.08.2024 yildagi PQ-302-son

Qarorga ko‘ra, jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash Xalqaro markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.

Bitim 2023 yil 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.