ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.06.2024 yildagi PQ-205-son

Qarorga ko‘ra, badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot (Xalqaro mukofot) taʼsis etiladi.

Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har 2 yilda bir marta quyidagi
yo‘nalishlarda o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi:

o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

o‘zbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;

xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;

xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.

Xalqaro mukofot g‘oliblarining har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.