Qarorga ko‘ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
2025 yil 1 yanvargacha quyidagi axborot tizimlari (hisobga olish axborot tizimi) joriy etiladi:
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil qilish tizimi;
isteʼmol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi.
Bunda:
2025 yil 1 yanvargacha hisobga olish axborot tizimlari o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Kadastr agentligi, “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.