ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.02.2024 yildagi O‘RQ-914-son

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik va muddati o‘tgan foiz to‘lovlari mutanosib ravishda;

joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlik;

neustoyka (jarima, penya);

kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari.

Shuningdek, kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi.