ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.12.2023 yildagi O‘RQ-884-son

Shunga ko‘ra, maʼmuriy ishlar bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.

Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.

Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rilishi lozim.

Maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida ko‘riladi.