Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Hujjat pasporti
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 16.11.2023 yildagi PF-195-son
Farmonga ko‘ra, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablag‘lar mustasno) to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma, shuningdek ularning importi 2028 yil 1 yanvargacha QQSdan ozod qilinadi.