ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.02.2022 yildagi PF-74-son

Farmonga muvofiq:

1) 2022 yil 1 maydan boshlab nogironlik pensiyalari, shu jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori 698 000 so‘m etib belgilandi;

2) 2022 yil 1 apreldan boshlab:

a) o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning (o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etilishi;

b) parvarishlash nafaqasi fuqarolardan murojaat talab etilmagan holda, elektron maʼlumotlar asosida “proaktiv shakl”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlanishi va to‘lanishi belgilandi;

3) Quyidagi maʼlumotlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda taqdim etib borish taʼminlandi:

2022 yil 1 apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

2022 yil 1 oktyabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi maʼlumotlar.