ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 20.01.2021 yildagi O‘RQ-668-son

Qonun 8 bob va 53 ta moddadan iborat.

1. Qonunning maqsadi

madaniy faoliyat, shuningdek madaniyat tashkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.

2. Aholini madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun jalb qilishga, madaniyatga erishtirishga va aholi o‘rtasida yuksak darajadagi madaniyatni shakllantirishga qaratilgan madaniy tadbirlar madaniy-ommaviy tadbirlar jumlasiga kiradi.

3. O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida konsert-tomosha faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi beradigan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

4. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka majburiy ravishda rioya etish;

ijrochilarning qonunchilikda belgilanadigan mezonlar va malaka talablariga muvofiq bo‘lishi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga muvofiq ko‘rsatish.

5. Jismoniy va yuridik shaxslarning asosan qo‘l mehnati usulida, anʼanaviy asbob-uskunalar hamda moslamalardan foydalanilgan, shuningdek tegishli bilimlar hamda ko‘nikmalar qo‘llanilgan holda buyumlar va asarlarni yaratishga doir faoliyati xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati jumlasiga kiradi.

6. Xalq o‘yinlarining milliy va ijtimoiy-madaniy yo‘nalishga ega bo‘lgan turlari (dorbozlik, yog‘och oyoqda yurish bilan bog‘liq o‘yinlar va boshqalar) O‘zbekiston xalq o‘yinlari jumlasiga kiradi.

7. Madaniy faoliyat sohasidagi faoliyatni asosiy faoliyat turi sifatida amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi madaniyat tashkilotidir.

8. Madaniyat tashkilotlari madaniy faoliyatning turlariga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:

madaniy-tomosha tashkilotlari;

madaniy-maʼrifiy tashkilotlar;

boshqa madaniyat tashkilotlari.

9. Davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan, aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganish, shuningdek madaniy-maʼrifiy va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, badiiy ijod, amaliy sanʼat va havaskorlik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs madaniyat markazidir.

10. Teatr sahna asarlarini (drama, musiqali drama, musiqa, raqs, qo‘g‘irchoq, pantomima, hajviy va hazil-mutoyiba sahna asarlarini, bolalar va o‘smirlar uchun, yoshlarbop, eksperimental va boshqa asarlarni) yaratishni, ommaviy ijro etishni va (yoki) ommaviy namoyish qilishni amalga oshiradigan madaniy-tomosha tashkilotidir.

11. Davlat madaniyat muassasalariga va tashkilotlariga madaniyat hamda sanʼat sohasida erishgan yutuqlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Milliy” yoki “Akademik” maqomi berilishi mumkin.