ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son

Farmonga muvofiq:

1) “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi maʼqullandi;

2) “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi;

3) 2022 yillarda “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha elektron hukumatni, raqamli industriyani, raqamli taʼlimni va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si tasdiqlandi;

4) 2020 yil 1 noyabrdan boshlab yopiq binolarda aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota doirasida 500 mVt dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiyalaridan foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‘yicha talablar bekor qilindi;

5) 2020 yil 1 noyabrdan boshlab mobil aloqa operatorlari uchun:

telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining qurilish-montaj, rekonstruksiya, sinovdan o‘tkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda tijorat maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, telekommunikatsiya qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini o‘zgartirish, mavjud qurilmalardagi hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish bo‘yicha xabardor qilish tartibi joriy etilishi;

radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish ruxsatnomasini, sotib olish, o‘rnatish, loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirish huquqi berilishi belgilandi;

6) 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga ommaviy SMS-xabarlarni bepul tarqatish xizmatlari soliq solish maqsadida iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan xarajatlar deb eʼtirof etilishi belgilandi;

7) 2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari va ustuvor vazifalari yuklatilishi belgilandi.