ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 18.09.2018 yildagi PF-5540-son

Farmonga asosan quyidagilar belgilandi:

1) Surxondaryo viloyati chegara yaqini zonasida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi (“Termiz” EIZ) tashkil etildi.

Quyidagilar “Termiz” EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

EIZ hududida birinchi navbatda klaster yondoshuvidan keng foydalangan holda EIZ qatnashchilari o‘rtasidagi mustahkam kooperatsiya asosida mahalliy xom ashyo va materiallar negizida raqobatbardosh tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish;

EIZ hududlaridagi sanoat korxonalari va infratuzilma obyektlarida yangi malakali ish o‘rinlari yaratilishini, buning asosida respublika mintaqalari aholisining bandlik darajasi va daromadlari oshirilishini taʼminlash;

mahalliy mineral-xom ashyo respurslarini chuqur qayta ishlash va jahonga mashhur brendlar ostida yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun o‘z hududlarida EIZ tashkil qilingan mintaqalarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;

yetakchi xorijiy kompaniyalar va korporatsiyalar ishtirokida zamonaviy yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish uchun investitsiyalar, eng avvalo xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha g‘oyat qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani yana-da rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish.

2) “Termiz” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va uni keyinchalik uzaytirish ehtimoli borlii hamda faoliyat yuritish mobaynida “Termiz” EIZ hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qilishi;

4) “Termiz” EIZ qatnashchilarining hududi chegarasigacha tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmalar qurilishi teng ulushlarda O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va Surxondaryo viloyatining mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi.