Farmonga ko‘ra, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida jinoyat yo‘liga bilib-bilmay kirgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ularga hayotda o‘z o‘rinlarini topish uchun imkoniyat berish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan:
- 7 ta shaxs asosiy jazodan to‘liq ozod qilindi;
- 1 ta shaxs qo‘shimcha jazodan to‘liq ozod qilindi;
- 11 ta shaxs asosiy jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi;
- 13 ta shaxsga belgilangan asosiy jazoning o‘talmagan qismi ish haqining yigirma foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda axloq tuzatish ishlari bilan almashtirildi;
- 3 ta shaxs asosiy jazoning o‘talmay qolgan muddatidan qisman (ikkidan bir qismi) ozod etildi;
- 7 ta shaxs o‘talmay qolgan asosiy jazo muddatidan qisman (uchdan bir qismi) ozod etildi;
- 3 ta shaxs o‘talmay qolgan asosiy jazo muddatidan qisman (to‘rtdan bir qismi) ozod etildi.