Farmonga asosan:
1) “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif qabul qilindi;
2) Quyidagilar “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
dorivor o‘simliklar xom ashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Jizzax, Namangan, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xom ashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
dorivor o‘simliklar xom ashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xom ashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
dorivor o‘simliklar xom ashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish;
3) Quyidagilar:
“Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qilishi;
faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq va bojxona rejimlari amal qilishi belgilandi;
4) “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 3, 4 va 5-bandlari qoidalari tatbiq etilishi belgilandi;
5) “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari erkin iqtisodiy zonalarning butun faoliyat ko‘rsatishi davrida soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinishi belgilandi;
6) “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirgan yoki yovvoyi o‘simliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish ishtirokchilari, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ bilan tuzilgan shartnomalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar “Qizil kitob”ga kiritilmagan hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan yovvoyi o‘sadigan o‘simliklar tayyorlagani (to‘plagani) uchun undiriladigan to‘lov tabiiy muhitdan olingan yovvoyi o‘simliklar (yalang‘och qizilmiyadan tashqari)ga belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida belgilandi.