ONLINE TRANSLATE
Hujjat pasporti
Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni , 02.06.1995 yildagi PF-1162-son

Farmonga asosan:

1)  Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar — Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo‘yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar tashkil qilinishi va mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida xorijiy sayyohlar uchun bojxona rasm-rusumlarining xalqaro meʼyorlarga mos soddalashtirilgan tartibi, shuningdek tranzit sayyohlar uchun maxsus bojxona zonalari joriy qilindi;

2) Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo‘yicha Idoralararo kengash tuzildi va quyidagilar shu kengash faoliyatining asosiy vazifalari qilib belgilandi:

turizm sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;

jahon andozalari darajasida kichik va o‘rta mehmonxonalar, motellar va kempinglar tarmog‘i shakllantirilishini muvofiqlashtirish;

sayr-tomoshalar zamonaviy industriyasini, madaniy va sport-sog‘lomlashtirish markazlarini barpo etishga ko‘maklashish;

noyob turizm imkoniyatlari va tarixiy-madaniy meros keng ko‘lamda targ‘ib qilinishi va saqlanishini tashkil etish;

sayyohlik tizimida muvofiqlashtirilgan ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish;

sayyohlik sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni taʼminlash.