Fuqarolik kodeksi
Ushbu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi majburiyatlarning ayrim turlari, intellektual mulk, vorislik huquqi, xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilishga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Shartnomalarning ayrim turlari sifatida oldi-sotdi, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish, mulk ijarasi, pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish kabi boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan shartnomaviy-huquqiy munosabatlar tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi 386-1199 moddalarni o‘z ichiga oladi. U VI ta bo‘lim, 29-71 – boblardan tashkil topgan.