1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 16 sentabr,
27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 16-sentabrdagi 27-son buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
Korporativ axborotning yagona portaliga joylashtirish orqali:
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan axborotni, bundan qimmatli qogʻozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa yuqori boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilganidan keyin ikki hafta ichida;
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
emintent va affillangan shaxs oʻrtasida tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni bitim tuzilgan paytdan eʼtiboran 72 soat ichida joylashtirish yoʻli bilan;
emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart bundan, affillangan shaxslar bilan bitim tuzish toʻgʻrisidagi xabar mustasno.
Emitent qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oshkor qilishi mumkin. Bunda emitent oshkor etilishi majburiy boʻlgan axborotni va (yoki) boshqa axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz xohishiga koʻra oshkor etishga haqli.
Rasmiy veb-sayt mavjud boʻlishi haqidagi talab qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
Agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasida nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor etish Korporativ axborotning yagona portali axborot tizimidan olingan maʼlumotlarga asosan fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.”.
3. 10 va 101-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Emitentning hisoboti mazkur Qoidalarning 1, 11 va 2-ilovalariga muvofiq shaklda oshkor etiladi. Bunda buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan yuritadigan emitentlar hisobotlarni mazkur Qoidalarning 11-ilovasiga muvofiq shaklda oshkor etadi.
101. Emitent oʻz faoliyatida yuz bergan hamda ushbu Qoidalarning 21 — 29-ilovalarga muvofiq shakldagi axborotlarni ular yuz bergan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida Korporativ axborotning yagona portalida joylashtirish orqali oshkor etadi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Nominal qiymati milliy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqaruvchi xalqaro moliya institutlari Korporativ axborotning yagona portalida hamda oʻz xohishiga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytida quyidagilarni oshkor qiladilar:
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlarning matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
obligatsiyalar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha anketani;
xalqaro standartlarga muvofiq tuzilgan yillik hisobotni;
auditorlik tashkilotining xulosasini;
mazkur Qoidalarning 23, 3-25 — 3-27, 3-29, 3-31, 3-32 va 3-37-ilovalariga muvofiq shaklda axborot va muhim faktlarni.
Xalqaro moliya institutlari tomonidan birja obligatsiyalari chiqarilgan taqdirda, axborot va muhim faktlarni oshkor qilish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda fond birjasi tomonidan belgilanadi.”.
ikkinchi xatboshidagi “banklar va sugʻurta tashkilotlaridan” degan soʻzlar “investitsiya vositachilari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investitsiya vositachilari har chorakda, har bir kalendar chorak tugagandan keyin 30 kundan kechiktirmay moliyaviy hisobotni Korporativ axborotning yagona portalida mazkur Qoidalarning 41-ilovasiga muvofiq shaklda oshkor etadi.”.
“20. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talabiga koʻra investorlarning yoki qimmatli qogʻozlar egalarining arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari haqidagi axborotni oshkor qiladi.”.
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 11 va 29-ilovalar bilan toʻldirilsin.
“Muhim faktning nomi” ustunining 6-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlar kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish boʻyicha qarorlari”;
“Muhim faktning nomi” ustunining 9-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Filiallar (tijorat banklari uchun filiallar va bank xizmatlari ofislari) roʻyxatidagi oʻzgarishlar”;
“Muhim faktning nomi” ustunining 25-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. 3-6-ilovaning “MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT” grafasidagi “Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar” degan soʻzlar “Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektlar kuzatuv kengashining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqarish boʻyicha qarorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 3-9 va 3-25-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 5-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 41-ilova bilan toʻldirilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 11-ILOVA
EMITENTNING ____ YIL CHORAK / YIL YAKUNLARI BOʻYICHA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA ASOSAN TUZILGAN HISOBOTI
1.
EMITENTNING NOMI
Toʻliq:
Qisqartirilgan:
Birja tikerining nomi:*
2.
ALOQA MAʼLUMOTLARI
Joylashgan yeri:
Pochta manzili:
Elektron pochta manzili:*
Rasmiy veb-sayti:*
3.
BANK REKVIZITLARI
Xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi:
Hisob raqami:
MFO:
4.
ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA IDENTIFIKATSIYA RAQAMLARI:
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan:
davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan (STIR):
davlat statistika organi tomonidan berilgan raqamlar:
MSHT:
KTUT:
IFUT:
MHOBT:
5.
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI UCHUN MOLIYAVIY HOLAT
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(tartib raqami)
20__ y. ___ ________ holatiga
20__ y. ___ ________ holatiga
6.
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI UCHUN FOYDA YOKI ZARAR VA BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
7.
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI UCHUN XUSUSIY KAPITALDAGI OʻZGARISHLAR
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
Ustav kapitali
Qoʻshilgan kapital
Rezerv kapitali
Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)
Boshqa umumlashgan daromadning komponentlari
Xususiy kapitalning boshqa komponentlari
Jami xususiy kapital
8.
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI UCHUN PUL MABLAGʻLARI HARAKATI
(BILVOSITA USUL)
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
9.
SUGʻURTA KOMPANIYALARI UCHUN MOLIYAVIY HOLAT
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(tartib raqami)
20__ y. ___ ________ holatiga
20__ y. ___ ________ holatiga
10.
SUGʻURTA KOMPANIYALARI UCHUN FOYDA YOKI ZARAR VA BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
11.
SUGʻURTA KOMPANIYALARI UCHUN XUSUSIY KAPITALDAGI OʻZGARISHLAR
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
Ustav kapitali
Qoʻshilgan kapital
Rezerv kapitali
Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)
Boshqa umumlashgan daromadning komponentlari
Xususiy kapitalning boshqa komponentlari
Jami xususiy kapital
12.
SUGʻURTA KOMPANIYALARI UCHUN PUL MABLAGʻLARI HARAKATI
(BILVOSITA USUL)
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
13.
BANKLAR UCHUN MOLIYAVIY HOLAT
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(tartib raqami)
20__ y. ___ ________ holatiga
20__ y. ___ ________ holatiga
14.
BANKLAR UCHUN FOYDA YOKI ZARAR VA BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
15.
BANKLAR UCHUN XUSUSIY KAPITALDAGI OʻZGARISHLAR
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
Ustav kapitali
Qoʻshilgan kapital
Rezerv kapitali
Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)
Boshqa umumlashgan daromadning komponentlari
Xususiy kapitalning boshqa komponentlari
Jami xususiy kapital
16.
BANKLAR UCHUN PUL MABLAGʻLARI HARAKATI (BILVOSITA USUL)
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi**
Izoh***
(izohning tartib raqami)
20___ y. yil uchun
20___ y. yil uchun
Ijroiya organi rahbarining F.I.O.:
____________________________
Bosh buxgalterning F.I.O.:
____________________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.O.:
____________________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
** Zaruriy hollarda satrlar bilan toʻldirilishi mumkin.
*** Moliyaviy hisobotning moddasiga tegishli izohlarning tartib raqami.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 29-ILOVA
1.
EMITENTNING NOMI
Toʻliq:
Qisqartirilgan:
Birja tikerining nomi:*
2.
ALOQA MAʼLUMOTLARI
Joylashgan yeri:
Pochta manzili:
Elektron pochta manzili:*
Rasmiy veb-sayti:*
3.
AXBOROT
Axborotning nomi:
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha qarori
Boshqaruv organi nomi:
Yigʻilish/majlis oʻtkazish sanasi:
Yigʻilish/majlis bayonnomasi tuzilgan sana:
Yigʻilish/majlis oʻtkazilgan joy:
Yigʻilish/majlis kvorumi:
Davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatlari
T/r
Ovoz berishga qoʻyilgan masalalar
Ovoz berish yakunlari
yoqlash
qarshi
betaraflar
%
soni
%
soni
%
soni
1.
Yigʻilish/majlis tomonidan qabul qilingan qarorlarning toʻliq bayoni:
1.
2.
Ijroiya organi rahbarining F.I.O.:
__________________
Bosh buxgalterning F.I.O.:
__________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.O.:
__________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
Axborot yuz bergan vaqt boʻlib, emitent kuzatuv kengashining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-9-ILOVA
Filiallar (tijorat banklari uchun filiallar va bank xizmatlari ofislari) roʻyxatidagi oʻzgarishlar
Emitentning qaror qabul qilgan organi:
Qaror qabul qilingan sana:
Bayonnoma tuzilgan sana:
Emitent tomonidan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga tegishli xabarnoma yuborilgan sana yoki emitentning filiallari roʻyxatidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining filiallar, bank xizmatlari ofislari roʻyxatidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli qarori qabul qilingan sana (tijorat banklari uchun):
Filiallar (tijorat banklari uchun filiallar va bank xizmatlari ofislari) roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot
Toʻliq nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
Oʻzgarish turi (tashkil etilgan/yopilgan)
Oʻzgarishlarni hisobga olgan holda filiallar (tijorat banklari uchun filiallar va bank xizmatlari ofislari) roʻyxati
T/r
Toʻliq nomi
Joylashgan yeri (pochta manzili)
1.
2.
Ijroiya organi rahbarining F.I.O.:
__________________
Bosh buxgalterning F.I.O.:
__________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.O.:
__________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib:
a) emitentning filiallari tashkil etilishida qonunchilik hujjatlarida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish nazarda tutilgan hollarda:
xabar berish tartibida — emitent tomonidan yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga tegishli xabarnoma yuborilgan sana;
boshqa tartibda — emitentning filiallari roʻyxatidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana;
b) emitent tijorat banklari boʻlgan hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining filiallar, bank xizmatlari ofislari roʻyxatidagi oʻzgarishlarni nazarda tutuvchi tegishli qarori qabul qilingan sana;
v) boshqa hollarda — emitent filiallari roʻyxatidagi oʻzgarishlar nazarda tutilgan emitentning vakolatli boshqaruv organining yigʻilishi bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-25-ILOVA
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi (xalqaro obligatsiyalarning roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi):
Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami (xalqaro obligatsiyalarning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami):
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usuli:
Ijroiya organi rahbarining F.I.O.:
__________________
Bosh buxgalterning F.I.O.:
__________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.O.:
__________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
** Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (xalqaro obligatsiyalar uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan) chiqarish toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (xalqaro obligatsiyalar uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan) sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 41-ILOVA
INVESTITSIYA VOSITACHISINING ___ YIL BIRINCHI/IKKINCHI/UCHINCHI/TOʻRTINCHI CHORAK YAKUNLARI BOʻYICHA HISOBOTI*
1.
INVESTITSIYA VOSITACHISINING NOMI
Toʻliq:
Qisqartirilgan:
2.
ALOQA MAʼLUMOTLARI
Joylashgan yeri:
Pochta manzili:
Elektron pochta manzili:**
Rasmiy veb-sayti:**
3.
BANK REKVIZITLARI
Xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi:
Hisob raqami:
MFO:
4.
ROʻYXATDAN OʻTKAZISH VA IDENTIFIKATSIYA RAQAMLARI:
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan:
davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan (STIR):
davlat statistika organi tomonidan berilgan raqamlar:
MSHT:
KTUT:
IFUT:
MHOBT:
5.
INVESTITSIYA VOSITACHILARI UCHUN BUXGALTERIYA BALANSI
(ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi
Hisobot davri boshiga
Hisobot davri oxiriga
6.
INVESTITSIYA VOSITACHILARI UCHUN MOLIYAVIY NATIJALAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT (ming soʻmda)
Koʻrsatkichlar nomi
Satr kodi
Oʻtgan yilning shu davrida
Hisobot davrida
Daromadlar (foyda)
Xarajatlar (zararlar)
Daromadlar (foyda)
Xarajatlar (zararlar)
Ijroiya organi rahbarining F.I.O.:
____________________________
Bosh buxgalterning F.I.O.:
____________________________
Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.O.:
____________________________
* Bank faoliyatini va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan banklar, sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida oʻz faoliyatini amalga oshirganda hisobotlarni mazkur Qoidalarning 1, 11 va 2-ilovalariga muvofiq shakllarda taqdim etadi.
** Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2026 y., 10/26/2383-7/1075-son)