|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.03.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TIKLANISh VA TARAQQIYOT BANKI QARZI DOIRASIDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI TARKIBIY QAYTA TUZISh” LOYIHASI AMALGA OShIRILIShINI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 241-sonli “Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilish dasturini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 2-oktabrdagi 462-son qaroriga muvofiq respublika qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini ishlab chiqishni tugallashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 1 mln AQSh dollari miqdorida avans qarz berilganligi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini tarkibiy qayta tuzishning qonunchilik bazasini va erni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining axborot ta’minotini tashkil etish va rivojlantirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-noyabrdagi 461-sonli qarori bilan chiqarilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasi amalga oshirilishi uchun javobgar tashkilot etib belgilansin.
3. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilovaga muvofiq xodimlar soni va tuzilmasiga ega bo‘lgan agentlik (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etilsin. Belgilansinki, Agentlikning shtat jadvali keyinchalik Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda XTTB bilan birgalikda amalga oshiriladigan yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
4. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
XTTBning avans va qarz berish shartlariga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
ko‘rsatib o‘tilgan loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralarining, shuningdek loyihani mablag‘ bilan ta’minlashda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligi sektorida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
5. Belgilansinki, Agentlikning barcha xarajatlari, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash, transport, asbob-uskunalar bilan jihozlash va operatsiya xarajatlari loyihani amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga milliy valyutada ta’minlanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda:
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish bo‘yicha Agentlik rahbarini tayinlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Agentlikni joylashtirish uchun joy ajratsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-avgust,
356-son
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Agentlik xodimlari
soni va tuzilmasi
| |
Soni, nafar |
YaTS bo‘yicha razryad |
| Direktor | 1 | 16 |
| Monitoring bo‘limi | 4 | |
| Bo‘lim boshlig‘i direktor o‘rinbosari | 1 | Lavozim maoshi Agentlik rahbarining lavozim maoshidan 5% kam belgilanadi |
| Bosh mutaxassis | 2 | 12 |
| Yetakchi mutaxassis | 1 | 11 |
| Moliya, hisob va hisobot bo‘limi | 3 | |
| Bo‘lim boshlig‘i | 1 | 14 |
| Bosh mutaxassis | 1 | 12 |
| Yetakchi mutaxassis | 1 | 11 |
| Yangi loyihalarni ishlab chiqish guruhi | 2 | |
| Bosh mutaxassis guruh rahbari | 1 | 12 |
| Yetakchi mutaxassis | 1 | 11 |
| JAMI* | 10 | |
* Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari.