O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslarni tanlab olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
20-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-fevraldagi 20-son qaroriga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni (professor-o‘qituvchilar tarkibini) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, ijodiy, ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanishga munosib bo‘lgan eng malakali pedagog kadrlarni tanlash uchun raqobat muhitini yaratish va ta’minlash tanlovning maqsadi hisoblanadi.
II. Lavozimlari tanlov bo‘yicha egallanadigan pedagog xodimlar va tanlov qatnashchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
Oldingi tahrirga qarang.
2. Pedagog xodimlar toifasiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallab turgan shaxslar kiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oliy ta’lim muassasasining kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchisi, o‘qituvchisi (assistenti) o‘qituvchisi-stajyori lavozimi tanlov bo‘yicha egallanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov asosida ishga qabul qilingan pedagog xodimlarning faoliyati rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim tashkilotining komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan har tomonlama o‘rganib chiqiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish tartibi oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog xodimlar faoliyatini o‘rganish natijalari oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida ko‘rib chiqiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat tegishli mutaxassislik bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar yetishmasligi, nomzodning ilmiy daraja olish bosqichida ekanligi, kafedra faoliyatida yuqori natijalarga erishilganligi, xorijiy ilmiy darajalarni tan olish jarayoni davom etayotganligi, shuningdek kafedrani tashkil etish yoki isloh qilish bilan bog‘liq hollarda oliy ta’lim tashkiloti rektorining taqdimnomasiga binoan oliy ta’lim tashkiloti kengashining ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan aynan bir shaxsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san’at yo‘nalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega bo‘lmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish, ushbu kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Bir muddatga dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, shuningdek tegishli ilmiy unvonga va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, biroq ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan, mazkur kafedraning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muallifi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis ham qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘qituvchi (assistent) o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81.Professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimini egallash uchun tanlovda tasviriy va amaliy san’at sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, biroq o‘zining noyob iste’dodi va mahorati bilan tanilib, xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan shaxslar hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari istisno tariqasida qatnashishlari mumkin.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyundagi 473-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son)
9. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollar egallab turgan lavozimlarga tanlov e’lon qilinmaydi.
10. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi lavozimiga soatbay haq to‘lash shartlarida ishga kirayotgan shaxslar tanlovsiz, rektor buyrug‘i bilan, belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda qabul qilinadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘qishni tugallash yilida oliy ta’lim muassasasi magistraturasining bitiruvchisi bo‘sh lavozimlar mavjud bo‘lgan taqdirda taqsimot bo‘yicha 3 yil muddatga tanlovdan tashqari o‘qituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Ushbu muddat faqat davlat granti asosida o‘qishni tamomlagan magistratura bitiruvchilari uchun qo‘llanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga asosan 111-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 472-modda)
III. Tanlovlarni o‘tkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy ta’lim muassasasi saylash muddati ushbu o‘quv yilida tamom bo‘ladigan, shuningdek bo‘sh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar, o‘qituvchilar (assistentlar) va o‘qituvchilar-stajyorlar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
13. Tanlov bo‘yicha saylov oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida yoki fakultetlarning ilmiy kengashlarida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida yoki fakultetning ilmiy kengashida saylanadigan lavozimlarni belgilash huquqi oliy ta’lim muassasasining rektoriga tegishli bo‘ladi.
Kafedra mudirlari va professorlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlarida tanlov bo‘yicha o‘tadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi o‘qituvchisi (kafedra mudiri) lavozimini egallash uchun o‘tkaziladigan tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi vakilining ilmiy kengash yig‘ilishida ishtirok etishi talab etiladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
14. Tanlovlar vaqtli matbuotda yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan oliy ta’lim muassasasining ko‘p nusxali gazetasida e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun arizalar e’lon chiqqan kundan boshlab bir oydan kechikmay berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tanlovda qatnashishni xohlovchilar oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza beradilar, arizaga kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa ilova qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qatnashuvchining oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar ma’lumotlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qatnashuvchilarda ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga), ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda ular tegishli diplomlar, attestatlar nusxalarini va ilmiy ishlar ro‘yxatini, malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqdim etishlari kerak.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
16. Tanlovga tushgan barcha hujjatlar oldindan kafedra majlisida ko‘rib chiqiladi. Ilgari kafedrada ishlamagan shaxslarning hujjatlarini ko‘rib chiqishdan oldin ular tomonidan sinov leksiyalari (mazkur oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun — ochiq mashg‘ulotlar) o‘tkaziladi. Sinov leksiyalari va ochiq mashg‘ulotlar mavzulari kafedra predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Tanlov qatnashchilarini test sinovlaridan o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo‘yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta’lim muassasalari umumiy kafedralarida – prorektor o‘tkazadi).
Ilgari o‘zi egallab kelgan lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi shaxslar kafedra majlisida tanlovdan oldingi davrdagi ilmiy-pedagogik, metodik, tarbiyaviy va boshqa ishlari to‘g‘risida hisobot beradi.
Kafedra ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovda qatnashuvchi har qaysi nomzod bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ochiq yoki yashirin ovoz bergan holda, kafedraning shtatdagi o‘qituvchilarining (shu jumladan o‘rindoshlik tartibida ishlayotgan o‘qituvchilarining) va ilmiy xodimlarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tavsiyanoma qabul qiladi va uni o‘qituvchining hisoboti bilan birga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashiga jo‘natadi.
Fakultetning kafedra a’zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda qatnashmaydi.
17. Har qaysi nomzod bo‘yicha ilmiy kengash majlisida yashirin ovoz berishni o‘tkazishdan oldin kafedraning tavsiyanomasi o‘qib eshittiriladi.
18. Mazkur lavozim uchun tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslarning familiyasi yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladi.
Ovoz berish byulletenda ovoz berilayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasiga tegishli belgi qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Faqat bitta nomzod uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yiladi.
Agar byulletenda ovoz berish uchun birorta ham belgi qo‘yilmagan bo‘lsa yoxud belgi ikki yoki undan ko‘p familiyalar ro‘parasiga qo‘yilgan bo‘lsa, u holda bunday byulleten buzilgan hisoblanadi va ovozlarni hisoblashda hisobga olinmaydi.
19. Ovozlarni hisoblash uchun ilmiy kengash ovoz berish boshlanishidan oldin tarkibida ilmiy kengashning kamida uch nafar a’zosi bo‘lgan sanoq komissiyasini saylaydi. Sanoq komissiyasi har qaysi nomzod bo‘yicha ovoz berish natijalarini e’lon qiladi.
Sanoq komissiyasi protokoli ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi va tanlov materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
20. Tanlovni o‘tkazishda ilmiy kengash qarori, agar ovoz berishda ilmiy kengashning tasdiqlangan (ro‘yxatdagi) tarkibidagi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan bo‘lsa vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan a’zolarining ko‘pchilik ovozini, biroq kamida 50 foiz ovozini olgan nomzod tanlovdan o‘tgan hisoblanadi.
Birortasi ham talab qilingan miqdorda ovoz ololmagan ikki nafardan ko‘p nomzodlar qatnashgan taqdirda ilmiy kengashning aynan shu majlisida dastlabki ikki talabgor o‘rtasida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Agar ikki nomzod qatnashgan tanlovni o‘tkazishda ovozlar soni teng bo‘lib qolsa raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Ilmiy kengash qarori oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tanlovda qatnashish uchun arizalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tanlov o‘tkazilmagan hisoblanadi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
21. Lavozimlarni egallash uchun o‘qituvchilarni tanlash bo‘yicha kafedra va ilmiy kengash majlislari ochiq tartibda o‘tadi. Tanlovda qatnashuvchilarga ularning nomzodlari muhokama qilinadigan kafedra va ilmiy kengash majlislarida qatnashish yoki ularning xohishiga ko‘ra kafedra yoki ilmiy kengash qarori bilan tanishish huquqi beriladi.
22. Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari to‘g‘risida o‘n kun muddatda unda qatnashgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.
23. Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashining qarori, agar u ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda qabul qilingan bo‘lsa, uzil-kesil hisoblanadi.
IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish va to‘xtatish
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ushbu oliy ta’lim tashkilotida ishlamaydigan va pedagog xodimlar lavozimiga tanlovdan o‘tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
25. Mazkur oliy ta’lim muassasasida ishlaydigan va tanlov bo‘yicha saylangan shaxslarning mehnat shartnomalariga quyidagilar yozib qo‘yiladi:
a) ular ilgari egallab kelgan lavozim uchun — mehnat munosabatlarini yangi muddatga uzaytirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladi va tegishli buyruq chiqariladi;
b) boshqa lavozimlar uchun — tanlovdan o‘tganlik to‘g‘risida ilmiy kengash protokoli qayd etilgan holda tegishli o‘zgartirishlar yoziladi va boshqa lavozimga o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organi qaroriga ko‘ra pedagog xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilgan taqdirda attestatsiya yakunlariga ko‘ra ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlari masalalari, shaxsning tanlov bo‘yicha egallanadigan lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(25-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ilgari egallab kelgan lavozimi uchun tanlovdan o‘tmagan, shuningdek tanlovda qatnashish uchun ariza bermagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi yangi muddatga tanlovdan o‘tmaganligi yoxud tanlovda qatnashishni rad etganligi sababli oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga ko‘ra, o‘quv semestri, yil tamom bo‘lgandan keyin) mehnat qonunchiligiga muvofiq to‘xtatiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi (“Mehnat shartnomasi”).
Oldingi tahrirga qarang.
27. Kafedralar birlashtirilganda yoki kafedra bo‘linganda pedagog xodimlar bo‘yicha muddatidan oldin tanlovlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Kafedralar birlashtirilgan taqdirda yangidan tashkil etilgan kafedra mudiri lavozimini egallash to‘g‘risidagi masalani oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi oldindan tanlov e’lon qilmasdan, yashirin ovoz berish yo‘li bilan hal qiladi.
Kafedra bo‘lingan taqdirda uning mudiri saylangan muddati o‘tgungacha, rektor buyrug‘i bilan yangidan tashkil etilgan kafedralardan birining mudiri lavozimiga tayinlanadi. Boshqa kafedraning mudiri lavozimiga tanlov bo‘yicha mudir tayinlanadi.
28. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga tanlov o‘tkazilgungacha kafedraning yetakchi o‘qituvchilaridan bittasiga yoki dekanga bo‘sh kafedra mudiri lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarishni yuklashga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakillik organlarida saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanishi natijasida uning bilan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan o‘qituvchi uning saylov bo‘yicha vakolatlari tugagandan keyin tanlov natijalariga ko‘ra saylangan muddati tugagungacha mazkur oliy ta’lim muassasasining ilgari egallab kelgan yoki unga teng bo‘lgan pedagog xodimlardagi lavozimga tayinlanadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
29. Oliy ta’lim muassasasi rektoriga oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida ko‘rib chiqish uchun pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani kiritish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasasi (fakultet) ilmiy kengashida pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan oldin uning faoliyati rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan o‘rganib chiqilishi kerak. Ilmiy kengash qarori asosida pedagog xodimni egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi bo‘yicha vazifasidan ozod qilishga uning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlar, shuningdek leksiyalar va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish darajasi past bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ilmiy kengash qaroriga ko‘ra kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-stajyor egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb e’tirof etilsa, u holda uning bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 455-modda)
Kafedra mudiri bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek kafedraga rahbarlik qilish bo‘yicha o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi sababli ilmiy kengash qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini to‘xtatish masalalariga doir mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish
mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ko‘rsatkichlar

Baho

O‘quv-metodik faoliyati (40 ball)

1.

O‘qituvchilik faoliyati (20 ball):

1.1.

Nazariy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni va o‘qitiladigan fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganlik darajasi (ochiq mashg‘ulotlar natijalari bo‘yicha)

1.2.

O‘qitish sifati darajasi (talabalardan so‘rab chiqish natijalari bo‘yicha)

1.3.

Talabalarning o‘qituvchining yo‘llanmasi (fani) bo‘yicha olimpiadalarda, har xil tanlovlar va ilmiy grantlardagi ishtiroki

2.

Metodik ishlar (20 ball):

2.1.

Yil mobaynida oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi tomonidan nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari soni

2.2.

O‘qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, o‘quv kursini va o‘quv-taqdimot materiallarini ishlab chiqish

2.3.

O‘quv jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilg‘or usullari qo‘llanilishi darajasi

Tarbiyaviy faoliyati (20 ball)

3.

Talabalar bilan tarbiyaviy ish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish: ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sport klublari, ilmiy, ijodiy to‘garaklar, madaniy tadbirlar va shu kabilar

4.

Talabalarning akademik guruhlarida kuratorlik

5.

Talabalarning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etishdagi ishtiroki

6.

Idora, mintaqa doirasida bajariladigan jamoatchilik ishlari va oliy ta’limdan tashqari ishlar

Ilmiy faoliyati (30 ball)

7.

Ilmiy konferensiyalar ishida ishtirok etish

8.

Ilmiy nashrlarda (shu jumladan xorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, monografiyalar e’lon qilish

9.

Xalqaro, ilmiy loyihalarga, xo‘jalik shartnomalariga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish

10.

Patentlar va ixtirolar soni

11.

Tayanch doktorantlar va doktorantlarning dissertatsiya tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish

12.

Doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy tadqiqot olib borish

Oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi (10 ball)

13.

Boshqa ta’lim muassasalari: oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda ishtirok etish (o‘qituvchilik faoliyati va ular uchun bilimlar darajasini oshirish treninglarini tashkil etish)

14.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ayirboshlash dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish

15.

Yangi yo‘nalishni, yangi kafedrani, laboratoriyani ochish ishida, Axborot-resurs markazining elektron bazasini to‘ldirishda ishtirok etish

Shaxsiy fazilatlari (10 ball)

16.

Ilmiy daraja va ilmiy unvon

17.

Malaka oshirish kurslaridan o‘tish

18.

Xorijiy tillarni egallaganlik, materiallarni ishlab chiqish va fanni o‘qitishda ulardan amalda foydalanish

19.

Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarda stajirovkadan o‘tish

JAMI (eng ko‘p ball — 110)

Izoh: oliy ta’lim muassasasining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ko‘rsatkichlar ichida tegishli mezonlar bo‘yicha ballarni taqsimlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 36-modda; 2015-y., 34-son, 455-modda; 2017-y., 23-son, 472-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 28.02.2019-y., 09/19/181/2689-son; 10.06.2019-y., 09/19/473/3258-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)