|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1993 YILNING 20 IYuLIDAN BOShLAB QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI VA OZIQ-OVQAT TOVARLARI AYRIM TURLARINING ShARTNOMAVIY (ERKIN) XARID VA ChAKANA NARXLARIGA O‘TISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiy islohotlar yo‘lini o‘tkazishni yanada davom ettirish, respublika ichki iste’mol bozorini himoya qilish, narxlarning keskin oshib ketishini to‘xtatib turish va alohida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari narxlarini boshqarishning yagona tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 20-iyulidan boshlab chorva mollari, sut, kartoshka va piyozning shartnomaviy (erkin) xarid narxlariga, shuningdek, go‘sht, qaymog‘i olinmagan sut, makaron, o‘simlik moyi, qand-shakar, choy va kir sovunning shartnomaviy (erkin) chakana narxlariga o‘tish, ular bilan respublika aholisini belgilangan miqdorda kafolatli ta’minlagan holda, amalga oshirilsin.
2. Nazarda tutilsinki, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlariga ularni yetishtirish, tashib keltirish va sotish xarajatlarini qoplaydigan erkin narx belgilashga o‘tish, uni asosan 1994-yil 1-yanvarga qadar tugallagan holda, asta-sekin amalga oshiriladi.
3. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv huzurida chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning ilova qilinayotgan Vaqtinchalik tartibi tasdiqlansin, 1993-yilda uni shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin: budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuvning, savdo tapmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar va birlashmalarning tijorat narxlari bo‘yicha sotishdan, tovarlarni qayta baholashdan, chakana narxlar darajasini boshqarishdan, tushumlarning bir qismini tavakkal jamg‘armalariga markazlashtirish daromadlari hisobiga oladigan mablag‘lari, shuningdek, xayriya jamg‘armalari, korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari. Belgilab qo‘yilsinki, yil oxirigacha foydalanilmagan budjet mablag‘lapi musodara qilinmaydi.
4. “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvga respublika moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va umumiy ovqatlanish korxonalarining yopiq tarmoqlariga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat tovarlariga chakana narxlarning chegaralangan darajasini bozor konyunkturasidan, resurslar mavjudligidan, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda narxlarni boshqarishning mavjud mablag‘lari doirasida belgilash huquqi berilsin.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar mahalliy hokimiyat organlari va boshqarmalar bilan birgalikda hamma joyda aholi o‘rtasida, narxlarning o‘zgarishi sabablari va omillari to‘g‘risida ma’lum qilgan holda, tushuntirish ishlari olib borilsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
mazkur qarorning 1-bandida qayd etilgan tovarlar qoldig‘ini qayta baholash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni, tovarlar qoldiqlarini qayta baholashdan olingan summa chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga to‘liq yo‘naltirilishini nazarda tutgan holda, manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin;
xo‘jaliklar, birlashmalar va korxonalar tomonidan shartnomaviy narxlarning to‘g‘ri shakllantirilishi ustidan qattiq davlat nazoratini ta’minlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq T. M. Miryoqubov, “O‘zbeksavdo” uyushmasining raisi o‘rtoq M. 3. Usmonov va O‘zbekbirlashuv raisi o‘rtoq G. G. Volkov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-iyul.,
360-son
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus
jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning
jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning
VAQTINChALIK TARTIBI
1. Umumiy qoidalar
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq oziq-ovqat tovarlarining ayrim turlariga shartnomaviy (erkin) narxlarga o‘tilishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuv huzuridagi chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus iste’molchilarga sotiladigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridorlarining manfaatlarini ko‘zlab chakana narxlarni boshqarish maqsadida tashkil etiladi.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvga chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari doirasida, resurslar mavjudligidan, vujudga kelayotgan harajatlardan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari bilan birgalikda chakana narxlarning chegaralangan darajalarini davrlar bo‘yicha belgilash huquqi beriladi. Bunda aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha, shuningdek, budjet tashkilotlariga va maxsus iste’molchilarga sotiladigan eng zarur tovarlarning chakana narxlari albatta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
II. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasini
shakllantirish manbalari
shakllantirish manbalari
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi 1993-yilda:
1) “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar, birlashmalarning mablag‘laridan quyidagilar hisobiga shakllanadi;
tovarlarni tijorat narxlarida va barter operatsiyalari bo‘yicha sotishdan olingan daromadlar (narxlardagi tafovutning 95 foizi);
resurslarning mavjudligi va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda tovarlar chakana narxlari darajasini boshqarish natijasida narxlardagi ijobiy farqlar;
tovarlarni qayta baholashdan olingan daromadlar;
tavakkal jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi (50 foizgacha);
2) budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga;
3) xayriya jamg‘armalarining, korxonalar va tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga.
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lap “O‘zbeksavdo” uyushmasining maxsus ochiladigan schyotida jamlanadi.
Qayd etib o‘tilgan jamg‘armaga mablag‘larning to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv va respublika soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
III. Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasidan foydalanish
Chakana narxlarni boshqarishning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘laridan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, muayyan davrda narxlarning, eng avvalo, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining nisbatan past darajasini saqlab turishda foydalaniladi.
“O‘zbeksavdo” uyushmasi O‘zbekbirlashuv bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, har oyda, 1993-yil mobaynida, oy boshlanishidan 2 kun oldin aholiga belgilangan miqdorlar bo‘yicha sotiladigan go‘sht, qand-shakar, o‘simlik moyi va boshqa oziq-ovqat tovarlarining chakana narxlari chegaralangan miqdorlarini belgilaydi hamda ularni barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalarga ma’lum qiladi, shuningdek, ularning to‘g‘pi qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.