Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.06.2002
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISIGA VA BUDJET TAShKILOTLARIGA KO‘MIR SOTIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-iyundagi 196-sonli “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika aholisini va budjet tashkilotlarini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga ko‘mir sotish tizimini takomillashtirish;
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ko‘mir ishlab chiqarish va taqsimlash balansini ishlab chiqish;
ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari va omborlarini oqilona joylashtirish.
2. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi tarkibida ishlab turgan yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) negizida marketing va mahsulot sotish firmasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ni qabul qilish — topshirish uchun 1-ilovaga* muvofiq komissiya tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
3. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlarini va aholisini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha 1995—2000-yillarda ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin;
Boysun ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish uchun takliflar kiritsin.
4. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi 1995-yilning 1-sentabrigacha mavjud ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ni qayta qurish ishlarini hamda ularning yangilarini barpo etishni amalga oshirsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joriy yilda:
yangi yoqilg‘i-savdo bazarlarini qurish va mavjudlarini qayta qurish uchun yer ajratsinlar, “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasiga ko‘rsatib o‘tilgan bazalarni qurish va kengaytirishda, shuningdek, ularni kadrlar bilan butlashda yordam ko‘rsatsinlar;
viloyat (shahar) larning yangi tashkil etilgan ko‘mir ta’minoti korxonalarini xizmat xonalari bilan ta’minlasinlar.
6. Birlashma bosh direktorining o‘rinbosari—marketing va ko‘mir sotish firmasi direktori lavozimi qo‘shimcha ravishda kiritsin.
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining marketing va mahsulot sotish firmasi tuzilmasi 2 va 2a*-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
7. Belgilab qo‘yilsinki, ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) ning rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tavsiyanomalari asosida “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining qarori bilan ishga tayinlanadilar va tegishli ravishda ishdan bo‘shatiladilar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Q.J.Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-oktabr,
516-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
20-oktabrdagi 516-son qaroriga
2-ILOVA
“Ko‘mir” aksionerlik birlashmasining marketing va mahsulot sotish firmasi
TUZILMASI
I. Qoraqalpog‘iston respublika ko‘mir ta’minoti korxonasi
Andijon viloyat ta’minoti korxonasi
Buxoro viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Jizzax viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Qashqadaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Navoiy viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Namangan viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Samarqand viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Surxondaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Sirdaryo viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Toshkent viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Farg‘ona viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Xorazm viloyat ko‘mir ta’minoti korxonasi
Toshkent shahar ko‘mir ta’minoti korxonasi
II. Shahar, tuman ulgurji-chakana yoqilg‘i-savdo bazalari (omborlari) — 78 ta