|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2008
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
SUGʻURTALOVChINING IJRO ETUVChI ORGANI RAHBARIGA VA BOSh BUXGALTERIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-aprelda 1338-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2008-yil 11-iyundagi 61-sonli “Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1827, 18.06.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning 3-bandiga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilingan Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Moliya vaziri M.NURMURADOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-mart,
52-son
Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli “Sugʻurta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga va bosh buxgalterlariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tayinlangan sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga tadbiq etilmaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom maqsadini amalga oshirishda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari — qonunchilik va sugʻurtalovchining taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
sugʻurtalovchining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining buxgalteriya hisoboti va moliyaviy boshqaruvi funksiyasini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobotini tashkillashtirishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni maqsadga muvofiq, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan shaxs;
Davsugʻurtanazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi.
2. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari yoki bosh buxgalteri lavozimiga saylangan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab 10 ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi bu haqda toʻldirgan anketa (mazkur Nizomga ilova)ni ilova qilgan holda Davsugʻurtanazoratni xabardor qilishga majbur.
II. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbariga qoʻyiladigan malaka talablari
3. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari quyidagi talablarga javob berishi shart:
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
sugʻurta sohasida 2 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi, shundan sugʻurta sohasida bir yillik ish staji ushbu lavozimga tayinlanish yoki saylanishdan oldin kelishi kerak;
4. Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari etib, rahbar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytgacha bir yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida har qanday yuridik shaxsning rahbari (birinchi shaxs) boʻlib hisoblangan shaxs sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tayinlanishi yoki saylanishi mumkin emas.
III. Sugʻurtalovchining bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari
5. Sugʻurtalovchining bosh buxgalteri quyidagi talablarga javob berishi shart:
oliy kasbiy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlishi;
2 yildan kam boʻlmagan buxgalter ish stajiga ega boʻlishi.
6. Istisno hollarida sugʻurtalovchining bosh buxgalteri lavozimiga oliy kasbiy (buxgalterlik, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumotga ega boʻlmagan shaxs, 5 yildan kam boʻlmagan moliyaviy, buxgalterlik ish staji mavjud boʻlishi sharti bilan tayinlanishi mumkin.
IV. Mazkur Nizom shartlarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan choralar
7. Agar sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbari yoki uning bosh buxgalteri taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha oʻrnatilgan malaka talablariga mos kelmasa, Davsugʻurtanazorat sugʻurtalovchiga koʻrsatma olingan paytdan boshlab bir oy muddat ichida kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
8. Davsugʻurtanazorat koʻrsatmasida koʻrsatilgan kamchiliklar sugʻurtalovchi tomonidan bartaraf etilmagan taqdirda, Davsugʻurtanazorat ushbu sugʻurtalovchiga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq choralar koʻradi.
V. Yakunlovchi qoida
10. Mazkur Nizomdan kelib chiqqan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida oʻrnatilgan tartibda hal etiladi.
Sugʻurtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlari va bosh buxgalterlariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Cugʻurtalovchining ijro etuvchi rahbari va bosh buxgalteri toʻgʻrisida maʼlumot anketasi
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Anketa shaxsning oʻz qoʻli bilan, tushunarli dastxatda, siyoh yoki qora, koʻk, binafsha rangli sharikli ruchka pastasida toʻldirilishi kerak. Hamma sanalar arab raqamida yozilishi shart.
Anketaning hamma savollariga toʻliq va aniq javoblar berilishi hamda anketaning biror qismi toʻldirilmasdan qolmasligi shart. Hech boʻlmasa toʻldirilmay qolgan biror bir qismining mavjudligi, anketaning toʻliq toʻldirilmaganligini anglatadi va u sugʻurtalovchiga qayta ishlash uchun qaytariladi. Zarur boʻlganda toʻliq maʼlumot keltirish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Ikkinchi qism. Anketa
| | | |
| 1. Anketa toʻldiruvchining shaxsi toʻgʻrisida maʼlumot | ||
|
Kod |
Savollar |
Javoblar |
| 1. | Familiyasi | |
| 2. | Ismi | |
| 3. | Otasining ismi | |
| 4. | Avvalgi familiyasi (agar familiya oʻzgargan boʻlsa) | |
| 5. | Tugʻilgan yili | |
| 6. | Tugʻilgan joyi | |
| 7. | Pasport raqami va seriyasi | |
| 8. | Uy adresi (pasportda roʻyxatga olingani boʻyicha) | |
| 9. | Uy adresi (yashash joyi boʻyicha) | |
2. Oxirgi 10 yil mobaynida bandligi toʻgʻrisida maʼlumotlar (maʼlumotlar har bir tashkilot (korxona) boʻyicha alohida beriladi) | ||
| Kod | Savollar | Javoblar |
| 10. | Ishlagan davri | ____ yil “___” _________ dan ____ yil“___” _________ gacha |
| 11. | Bandlik tavsifi (keragini belgilang) | a) mehnat shartnomasi boʻyicha; b) yakka tartibdagi tadbirkor; v) ishlamagan; g) kunduzgi yoki sirtqi boʻlimda oʻqigan. |
| “b”, “v” yoki “g” javob boʻlganda batafsil koʻrsating | | |
| 12. | Tashkilot (korxona) nomi | |
| 13. | Sizga maʼlum boʻlgan tashkilot (korxona)ning oxirgi manzili | |
| 14. | Lavozim (lavozimlari) | |
3. Taʼlim boʻyicha maʼlumotlar (faqat oliy oʻquv yurtidagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir OOʻYu boʻyicha alohida) | ||
| Kod | Savollar | Javoblar |
| 15. | Oliy oʻquv yurtining nomi | |
| 16. | Ushbu oʻquv yurtining anketa toʻldiruvchiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzili | |
| 17. | Taʼlim olish shakli (keragini belgilang) | a) kunduzgi; b) sirtqi; v) kechki. |
| 18. | Kirgan sana | |
| 19. | Oʻqishni yakunlagan sana | |
| 20. | Olgan darajasi | |
| 21. | Olgan mutaxassisligi | |
| 22. | Oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisida diplom yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami | Seriyasi _____________ Raqami ________________ |
| 23. | Agar anketa toʻldiruvchi ushbu OOʻYuda oʻqishni tugatgan boʻlmasa, sababini koʻrsating | |
| 4. Anketa toʻldirish vaqtida anketa toʻldiruvchining egallagan lavozimi toʻgʻrisida maʼlumot | ||
| Kod | Savollar | Javoblar |
| 24. | Sugʻurtalovchi nomi | |
| 25. | Sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun sugʻurtalovchi litsenziyasi seriyasi va raqami | |
| 26. | Anketa toʻldiruvchining tayinlangan yoki saylangan lavozimining toʻliq nomi | |
| 27. | Saylanish yoki tayinlanish sanasi | |
| 28. | Anketa toʻldiruvchiga majburiyatlar yuklatilgan lavozimning toʻliq nomi | |
| 29. | Majburiyat yuklatilgan sana | |
5. Qoʻshimcha maʼlumotlar | ||
| Kod | Savollar | Javoblar |
| 30. | Anketani toʻldiruvchi rahbar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilishiga olib kelganligi boʻyicha maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki uni majburiy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytgacha bir yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida har qanday yuridik shaxsning rahbari (birinchi shaxs) boʻlib hisoblanganmi (keragini belgilang) | a) boʻlmagan b)boʻlgan |
| “b” javobi belgilangan holda, tashkilot nomi va anketa toʻldiruvchining lavozimini koʻrsating | | |
| | | |
| —ushbu anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiy va toʻgʻriligini: — ushbu anketani toʻldirish qoidalari bilan tanishilganligimni tasdiqlayman | ||
| Anketa toʻldiruvchining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi | | |
| Anketa toʻldiruvchining imzosi | | |
| Imzo sanasi | | |
| | | |
| Anketa toʻldiruvchi mening huzurimda anketaning har bir varagʻini oʻz qoʻli bilan imzolaganligini tasdiqlayman | ||
| Sugʻurtalovchi javobgar shaxsining toʻliq familiyasi, ismi, otasining ismi | | |
| Sugʻurtalovchi javo�gar shaxsining imzosi | | |
| Imzo sanasi | | |
|
|
| |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 183-modda)