1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Boshlangʻich taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bilim darajasi, pedagogik mahorati va kasbiy kompetensiyalarini xolis va shaffof baholash tizimini joriy etish, shuningdek, yuqori koʻrsatkichga erishgan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash, talabgorlarga milliy sertifikat beriladigan umumtaʼlim fanlari roʻyxatini kengaytirish, chet tillarini bilish darajasiga muvofiq milliy sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihonlarini tashkil etish;
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun milliy sertifikat berish boʻyicha imtihon topshiriqlarini shakllantirish va natijalarini baholash;
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish va uning reyestrini yuritish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
talabgorlarning malaka imtihoni natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlovni amalga oshirish va qaytarish.
3. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisining bilim darajasi va pedagogik mahorati toʻgʻrisidagi milliy sertifikatning davlat namunasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlarini Agentlikning “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimini hamda huquqshunoslik fani boʻyicha talabgorlarning bilim darajasini baholashni yoʻlga qoʻysin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
sertifikat natijalarini “Agentlik tomonidan taqdim qilinadigan sertifikatlarning maʼlumotlar bazasi” axborot tizimiga kiritish va ularni sertifikat raqami orqali onlayn tekshirish imkoniyatini yaratsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
milliy sertifikat berilishi yoʻlga qoʻyilayotgan boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi, huquqshunoslik fani, xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan test topshiriqlarining belgilangan tartibda shakllantirilishini hamda yangilab borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Bunda huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash imtihoni uchun test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida shakllantirilishi inobatga olinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki oy muddatda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish tizimini joriy etish bilan bogʻliq seminarlar va targʻibot tadbirlarini tashkil etsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab V+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli taʼlim tiliga mos ravishda barcha fanlar boʻyicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;
ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2027-yildan boshlab esa budjet qonunchiligi talablariga muvofiq taqdim etilgan budjet soʻrovnomalariga asosan Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-iyul,
411-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga 1-ILOVA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish hamda milliy sertifikat berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka imtihoni — boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish maqsadida ularning boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini test sinovlari orqali aniqlashga qaratilgan baholash jarayoni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
milliy sertifikat — malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga uch yil muddatga beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisining bilim darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
Rash modeli (Rasch model) — test topshiriqlarining qiyinligi va talabgorlarning bilim darajasini bir xil shkalada baholaydigan zamonaviy baholash modeli;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
talabgor — milliy sertifikat olish uchun malaka imtihonini topshirish istagini bildirgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
3. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihoni vakolatli organ tomonidan toʻlov asosida oʻtkaziladi.
4. Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan roʻyxatdan oʻtishda, ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi. Bunda chegirma:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan chiqarilgani munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reyestrda turgan davrda, biroq ushbu reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
5. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijasiga koʻra A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikatlar beriladi.
Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
6. Talabgorning boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahorati Boshlangʻich taʼlimning davlat taʼlim standarti hamda xalqaro baholash mezonlari va ilgʻor tajribalarga muvofiq shakllantiriladigan pedagogik oʻlchov vositalari asosida test sinovlari orqali baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Malaka imtihoni uchun tuziladigan test savollari Boshlangʻich taʼlimning davlat taʼlim standartiga hamda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi taʼlim dasturiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi “Ilmiy-oʻquv amaliy markaz” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy markaz) tomonidan shakllantiriladi. Bunda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
imtihon topshiriqlarini shakllantirish, ekspertizadan oʻtkazish va boshqa tillarga tarjima qilishda Ilmiy markaz tomonidan shartnoma asosida mutaxassis-ekspertlar jalb etiladi;
imtihon topshiriqlari talabgorning bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholash uchun shakllantirilgan, turli shakl va qiyinlik darajasidagi parallel topshiriqlar tizimini nazarda tutadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka imtihoni oʻtkaziladigan fanlar tarkibi va mazmuni vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
7. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
8. Malaka imtihoni topshiriqlari formati (fanlar tarkibi va mazmuni, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt meʼyori), baholash mezonlari, oʻtkazish muddatlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Malaka imtihonini oʻtkazish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali eʼlon qilinadi.
9. Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YIDXP orqali elektron shaklda ariza berib, roʻyxatdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
10. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron ravishda toʻldiradi. Talabgordan soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Talabgorga soʻrovnoma rasmiylashtirilganidan soʻng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali malaka imtihonida ishtirok etish qoidalari toʻgʻrisida eslatma beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilgani uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror, malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Talabgordan soʻrovnomadagi hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun talabgorning oʻzi shaxsan javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Talabgor malaka imtihoni oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumot (ruxsatnoma)ni malaka imtihon oʻtkaziladigan kundan uch kun oldin YIDXP orqali oladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan vaqtincha roʻyxatga olinadi hamda ularga JSHSHIR raqami shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
11. Malaka imtihonini oʻtkazish joyi, muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soni va sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
12. Malaka imtihoni maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan taʼminlangan holda vakolatli organ vakilining nazoratida elektron shaklda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
Malaka imtihoni vaqtida har bir oʻtirish oʻrnida bir nafar talabgor oʻtiradi. Malaka imtihonini oʻtkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi. Videotasvirlar vakolatli organ tomonidan bir yil davomida saqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
13. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun shartnoma asosida nazoratchilar jalb etilishi mumkin.
14. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida videoqayd etish qurilmalari orqali shaxsi aniqlangandan soʻng malaka imtihoniga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
15. Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan binoga har qanday qoʻllanma, adabiyot, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish, shuningdek, imtihon jarayonida boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish yoki ularga biror buyum uzatish qatʼiyan man etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor malaka imtihonidan chetlashtiriladi. Chetlashtirish vakolatli organ vakili yoki nazoratchilar tomonidan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va natijalarning hisoblanmasligiga asos boʻladi.
16. Malaka imtihoni natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma bir ish kunidan kechikmay YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
17. Malaka imtihoni natijalari boʻyicha testologiya meʼyorlarining buzilish holati aniqlansa, vakolatli organ tomonidan malaka imtihoni natijalari bekor qilinadi.
Quyidagi holatlarda testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi:
imtihon materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa;
talabgorlar tomonidan imtihon materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka imtihoni natijalari tahliliga koʻra taqsimot meʼyordagi taqsimotdan keskin farq qilsa.
Bunda ushbu bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat faqat ayrim hududlarda aniqlangan taqdirda, ushbu hududlardagi malaka imtihoni natijalari bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Malaka imtihoni natijalari ushbu bandga muvofiq bekor qilingan hollarda, talabgorlarning xohishiga koʻra amalga oshirilgan toʻlov miqdori qaytariladi yoki qayta malaka imtihoni tashkil etiladi.
3-bob. Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatni berish tartibi
18. Vakolatli organ malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga bir ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikatning elektron shaklini shakllantiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda talabgorga YIDXP orqali yuboradi.
19. Sertifikatlar reyestri vakolatli organ tomonidan yuritiladi.
fuqarolik pasporti (ID-karta) maʼlumotlari (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami);
sertifikatning hisobga olish seriyasi va raqami;
sertifikatning berilgan sanasi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka imtihonida toʻplagan umumiy balli va darajasi;
sertifikatning amal qilish muddati.
20. Sertifikatning haqiqiyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi.
4-bob. Toʻlov shartlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
21. Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun roʻyxatdan YIDXP orqali oʻtilgani sababli talabgordan belgilangan toʻlov miqdorining 90 foizi undiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov amalga oshirilgani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi toʻlov amalga oshirilgani Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
qolgan mablagʻlar teng ulushlarda Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga hamda Ilmiy markazga oʻtkaziladi.
Talabgor toʻlovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.
Bunda ushbu malaka imtihonidan tushadigan mablagʻlardan Davlat budjeti yoki boshqa jamgʻarmalarga mablagʻ ushlab qolishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Tushadigan mablagʻlar imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, xodimlar, mutaxassislar va ekspertlarni oʻqitish, ularning malakasini oshirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
22. Talabgor uzrli sabablarga koʻra (xizmat safari yoki malaka oshirishda boʻlgani, kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan uch kundan kechikmay YIDXP orqali vakolatli organga uni navbatdagi imtihonga kiritish yoki toʻlovni qaytarish boʻyicha murojaat etishi lozim.
Bunda talabgor navbatdagi malaka imtihoniga kiritishni soʻraganda, vakolatli organ tomonidan unga navbatdagi malaka imtihonida qatnashish imkoniyati yaratiladi. Toʻlovni qaytarish soʻralgan taqdirda, talabgor tomonidan amalga oshirgan toʻlovni qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi va Ilmiy markaz hisobvaraqlariga hamda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori vakolatli organ xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan toʻliq qaytariladi.
Talabgor uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
23. Talabgor malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrli sababsiz kelmagan, shuningdek, malaka imtihonidan chetlashtirilgan hollarda, talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
24. Uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha ariza berish jarayonida malaka imtihoni uchun toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, ariza toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
25. Uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha arizalar yetti ish kunida koʻrib chiqiladi.
5-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
26. Talabgor malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun ichida YIDXP orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Talabgor apellyatsiya shikoyati berish uchun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi.
27. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun vakolatli organ direktorining buyrugʻi bilan 5 yoki 7 nafar vakolatli organ va Ilmiy markaz xodimlari hamda mutaxassis-ekspertlardan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilinadi.
28. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish;
malaka imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellyatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Malaka imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi qaror shikoyatda koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topsa, qabul qilinadi.
29. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Talabgor Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Vakolatli organ xodimlari tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Malaka imtihoni topshiriqlari formati, baholash mezonlari va oʻtkazish muddatlariga xorijiy tajriba hamda ilmiy tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
31. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
32. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Talabgor
1. Test sinovida ishtirok etish uchun YIDXPda soʻrovnomani toʻldirish orqali vakolatli organga murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2. Toʻlovni amalga oshiradi.
Imtihondan kamida 12 kun oldin
2-bosqich
Bilim va malakalarni baholash agentligi
(Vakolatli organ)
1. Talabgorlarning malaka imtihoni uchun roʻyxatga olinishini yakunlaydi.
Imtihon sanasidan 12 kun oldin
2. Soʻrovnoma rasmiylashtirilgandan soʻng YIDXP orqali talabgorga malaka imtihonida ishtirok etish qoidalari toʻgʻrisida eslatma beriladi.
Shu vaqtning oʻzida
3. Talabgorlarga malaka imtihonini oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisidagi axborotni YIDXP orqali taqdim etadi.
Imtihon sanasidan 3 kun oldin
3-bosqich
Vakolatli organ
Talabgorlar uchun malaka imtihonini tashkil etadi va oʻtkazadi.
Yil davomida
4-bosqich
Vakolatli organ
Malaka imtihoni natijalarini YIDXP orqali eʼlon qiladi.
Imtihon yakunlangandan soʻng 21 ish kunidan kechikmay
5-bosqich
Vakolatli organ
Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikatning elektron shaklini shakllantiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda talabgorga YIDXP orqali yuboradi.
Buyruq chiqarilganidan boshlab 1 ish kunida
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
NAMUNA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun milliy sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
1. F.I.O:
(avtomatik aniqlanadi)
2. Fuqarolik pasporti (ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
(avtomatik aniqlanadi)
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
(avtomatik aniqlanadi)
4. Telefon raqami:
(maʼlumot kiritiladi)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
(maʼlumot kiritiladi)
6. Ish joyi (viloyat, shahar/tuman, taʼlim tashkiloti nomi va raqami):
(avtomatik aniqlanadi)
7. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan chegirmani qoʻllash huquqiga egaligi (Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolari, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolari):
Ha/Yoʻq
8. Imtihonni topshirish hududi:
(maʼlumot kiritiladi)
9. Imtihonni topshirish tili:
(maʼlumot kiritiladi)
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasini va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berishda malaka imtihonida uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha
SOʻROVNOMA
1. F.I.O:
(avtomatik aniqlanadi)
2. Fuqarolik pasporti (ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
(avtomatik aniqlanadi)
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
(avtomatik aniqlanadi)
4. Telefon raqami:
(maʼlumot kiritiladi)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
(maʼlumot kiritiladi)
6. Imtihon sanasi (navbatdagi imtihonda ishtirok etish soʻralganda):
(maʼlumot kiritiladi)
7. Imtihonni topshirish hududi (navbatdagi imtihonda ishtirok etish soʻralganda):
(maʼlumot kiritiladi)
8. Imtihonni topshirish tili (navbatdagi imtihonda ishtirok etish soʻralganda):
(maʼlumot kiritiladi)
9. Uzrli sababga koʻra (xizmat safari, malaka oshirish, kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgorning ushbu holatni asoslovchi hujjatlari:
(maʼlumot kiritiladi)
10. Bank kartasi maʼlumotlari (toʻlovni qaytarish soʻralganda):
(maʼlumot kiritiladi)
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasini va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish boʻyicha malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyatini berish uchun
SOʻROVNOMA
1. F.I.O:
(avtomatik aniqlanadi)
2. Fuqarolik pasporti (ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami):
(avtomatik aniqlanadi)
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
(avtomatik aniqlanadi)
4. Telefon raqami:
(maʼlumot kiritiladi)
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
(maʼlumot kiritiladi)
6. Imtihon sanasi:
(avtomatik aniqlanadi)
7. Imtihonni topshirgan hududi:
(avtomatik aniqlanadi)
8. Shikoyatning qisqacha mazmuni:
(maʼlumot kiritiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga 2-ILOVA
NAMUNA
Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisining bilim darajasi va pedagogik mahorati toʻgʻrisidagi milliy sertifikatning
DAVLAT NAMUNASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI
AGENCY FOR ASSESSMENT OF KNOWLEDGE AND COMPETENCES UNDER MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
BOSHLANGʻICH TAʼLIM OʻQITUVCHISINING BILIM DARAJASI VA PEDAGOGIK MAHORATI TOʻGʻRISIDA
SERTIFIKAT
Sertifikat raqami:
Talabgorning pasport (ID-karta) maʼlumoti:
Talabgorning fotosurati
Familiyasi:
Ismi:
Otasining ismi:
Umumiy toʻplagan balli:
Sertifikat darajasi:
Berilgan sanasi
Amal qilish muddati:
Direktor
_________
________________________
(QR-kod)
(F.I.O.)
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Diplôme Approfondi de Langue Française (DALF), Test de Connaissance du Française (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida:
“9. Test sinovini oʻtkazish joyi, muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
Bunda talabgorlar muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga muvofiq YIDXP orqali roʻyxatga olinadi”;
“16. Talabgor quyidagi holatlarda dalolatnoma asosida test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi va uning natijalari hisoblanmaydi:
test sinovi oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar, qogʻoz, buyum, kiyimlarga yozilgan maʼlumotlarni olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallariga shikast yetkazsa, test materiallarini boshqa talabgorga uzatsa, tarqatsa, binodan tashqariga olib chiqsa yoki olib chiqishga urinsa;
boshqa talabgor bilan muloqot qilsa, yordam bersa yoki yordam berishga harakat qilsa;
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmagani aniqlansa”;
“19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Agentlikka test sinovlari oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi oʻtkazilgan sanadan besh ish kunidan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi va uni navbatdagi imtihonga kiritish yoki toʻlovni qaytarish boʻyicha murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha arizalar yetti ish kunida koʻrib chiqiladi. Test sinovi uchun ariza berish jarayonida toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, toʻlovni qaytarish boʻyicha arizalar toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng, belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Toʻlovni qaytarish soʻralgan taqdirda, Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori vakolatli organ xulosasi asosida Adliya vazirligi tomonidan toʻliq qaytariladi. Bunda Agentlik va Adliya vazirligi oʻrtasida xulosa almashinuvi elektron tarzda amalga oshiriladi.
Navbatdagi test sinovida qatnashish soʻralgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan uzrli sababga koʻra test sinovida ishtirok eta olmagan talabgorga toʻlovni amalga oshirmasdan navbatdagi test sinovida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Talabgor toʻlovni qaytarish yoki navbatdagi test sinovida qatnashish boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi”;
“23. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan 5 yoki 7 nafar Agentlik xodimlari va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi, 2026-yildan boshlab bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi), 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʼlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi)”;
“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hindiy) tili, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat yoki boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisining bilim darajasi va pedagogik mahorati toʻgʻrisidagi milliy sertifikatdan kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi sertifikatga ega oʻqituvchilariga sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan ozod etiladi. Bunda sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarorida:
“imtihon oʻtkaziladigan kunlar oldindan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali eʼlon qilinadi hamda talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi. Imtihonni oʻtkazish joyi, sanasi va muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soni vakolatli organ tomonidan belgilanadi”;
“Belgilansinki, chet tilini bilish darajasini baholashning koʻp darajali (Multi-level) formati 2022-yil 1-martdan boshlab — ingliz tili uchun, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab — nemis, fransuz va arab tillari uchun, 2025-yil 1-yanvardan boshlab — turk tili uchun, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab — xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillari uchun joriy etiladi”;
“18. Talabgor uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan uch kundan kechikmay YIDXP orqali uni navbatdagi imtihonga kiritish yoki toʻlovni qaytarish boʻyicha vakolatli organga murojaat etishi lozim.
Bunda vakolatli organ tomonidan uzrli sababga koʻra test sinovida ishtirok eta olmagan yoki nogironligi toifasi imtihon turiga mos kelmagan talabgorga toʻlovni amalga oshirmasdan navbatdagi test sinovida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha arizalar yetti ish kunida koʻrib chiqiladi. Test sinovi uchun ariza berish jarayonida toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, toʻlovni qaytarish boʻyicha arizalar toʻlov toʻliq amalga oshirilgandan soʻng belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Toʻlovni qaytarish soʻralgan taqdirda, Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori vakolatli organ xulosasi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan toʻliq qaytariladi.
Talabgor uzrli sababga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagani boʻyicha YIDXP orqali vakolatli organga murojaat qiladi.
Talabgor belgilangan malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda, amalga oshirilgan toʻlov talabgorga qaytarilmaydi.
“test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda lugʻat, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, har xil turdagi shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)